Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Televideniye efirida...


Joriy yilning 17 yanvar kuni Qarshi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Karabayev hamda O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi  Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i F.Bozorov bilan hamkorlikda viloyat televideniyesida davra suxbati tashkil etildi.
Mazkur davra suxbati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi.
Keyingi besh yillikka mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sanoat ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda muayyan yutuqlarga erishi, aholining turmush darajasini yuksaltirish borasida ulkan yutqularni qo‘lga kiritish mo‘ljallanganligi tushuntirildi.
Tadbir tafsilotlari viloyat televideniyesining “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi.