Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

YAKKABOG‘ TUMAN ADLIYA: 2021 YIL SARHISOBI


Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 304 ta murojaatlarning 295 tasi hal etilib, shundan 230 tasi yoki
75.7 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 97 foiz) qanoatlantirilgan,
65 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 2 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 9 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 9 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 8 ta taqdimnoma kiritilib, 8 ta qaror bekor qilingan.

 

O‘tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 78 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 300 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5092 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 212 ta taqdimnoma, 38 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 810 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 35 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 416 млн.             600 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan.

Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 38 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 57 ta
2 mlrd. 218 mln. 200 ming so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 781 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 199 tasi televileniya, radio, gazeta va junallardan, qolgan 1582 tasi veb-saytlar va boshqa elektron vositalar orqali, og‘zaki, yozma va ko‘rgazmali tadbirlaridan iboratdir.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

 

Adliya bo‘limi tomonidan o‘tgan 2021 yil davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 60 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1000 dan ziyod jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 126 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.