Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qarshi tuman adliya bo’limi: 2021 yil iv chorak sarhisobi.


Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil IV chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yilning IV choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 350 ta murojaatlarning 348 tasi hal etilib, shundan 270 tasi yoki 77,1 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 77.5 foiz) qanoatlantirilgan, 78 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat hisobot davrida qoldiqda qolgan.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
6 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 14 ta taqdimnoma kiritilganib, 11 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.

 

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 18 ta o‘rganish va 75 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 169 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 7101 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 129 ta taqdimnoma, 55 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 576 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 80 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan
va 521 mln. 418,1 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 55 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga
100 ta 210,1 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 2 484 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1 782 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 475 tasi og‘zaki, 227 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.