Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bugun “Muloqot” ko‘rsatuvida...


Joriy yilning 17 yanvar kuni boshqarmaning mas’ul xodimi E.Dustov, O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbari Q.Xalilov hamda badiiy kengashi raisi B.Niyozovlar bilan hamkorlikda viloyat televideniyesida tashkil etilgan davra suxbatida qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Davra suxbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son Qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir tafsilotlari viloyat televideniyesining “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi.