Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan


Hisobot davrida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

 

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 8 224 ta murojaatning 7 592 tasi hal etilib, shundan 4 633 tasi yoki 56,3 foizi qanoatlantirildi, 2 959 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 493 ta murojaatning 473 tasi hal etilib, shundan 121 tasi yoki 24,5 foizi qanoatlantirildi, 352 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 139 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 225 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 289 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 21 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 1 385 ta takliflar ishlab chiqildi.

 

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan
ta’sir choralari bo‘yicha

Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 331 ta o‘rganish va 1 024 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 3 712 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida
113 413 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 2 722 ta taqdimnoma, 836 ta ma’muriy va 4 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 6 796 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 1 045 nafar shaxs intizomiy (shundan 31 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 786 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 457 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi hamda 1 ta qaror ijrosi to‘xtatildi, shuningdek, 22 mlrd.
963 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.

Hisobot davrida sudlarga 23 mlrd. 661 mln. so‘mlik 1 470 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 21 mlrd. 721 mln. so‘mlik 1 451 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.

 

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

 

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan jami 26 432 ta, shundan 17 602 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 7 292 tasi og‘zaki, 1 538 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, 2 386 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar bo‘lsa, 6 894 tasi manzilli huquqiy targ‘ibotlar hisoblanadi.

 

Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bo‘yicha

 

Boshqarma tomonidan 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra jami
575 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 376 tasi davlat ro‘yxatiga, 199 tasi hisob ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat, shuningdek,
187 ta diniy tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 185 tasi islom diniga mansub bo‘lsa, 2 tasi noislomiy diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Advokatura sohasi bo‘yicha

 

Boshqarmadan jami 154 ta advokatlik tuzilmalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 129 tasi advokatlik byurolari, 21 tasi advokatlik firmalari, 4 tasi advokatlar hay’atlarini tashkil etadi.

2022 yil 1 yanvar holatida jami 115 ta advokatlik tuzilmalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 95 tasi advokatlik byurolari, 16 tasi advokatlik firmalari, 4 tasi advokatlar hay’atlari hisoblanadi.

Shuningdek, jami 364 nafar advokatga advokatlik litsenziyasi berilgan bo‘lib, shundan 231 tasi litsenziya olib ishlayotganlar, 6 tasi litsenziya olib ishlamayotganlar, 19 tasi boshqa hududda ishlayotganlar, 108 tasining litsenziyasi amal qilishi tugatilgan.