Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat va shashka Musobaqasi tashkil etildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi
PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan adliya boshqarmasi va uning tizimidagi mehnat jamoalarining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida muntazam ravishda sport tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 24-dekabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida ishlovchi xotin-qizlar oʻrtasida "1-yanvar - Yangi yil" bayrami munosabati bilan shaxmat va shashka boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa qizgʻin oʻtib, aql charxi boʻlgan shaxmat va shashka bahslari murosasizlik bilan davom etib, gʻoliblar aniqlandi hamda gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.