Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

BEPUL HAMDA MAJBURIY HUQUQ KAFOLATI


Har qanday mustaqil davlatning asosiy qonuni uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Tabiiyki, Konstitutsiyaning mamlakat fuqarolari hayotidagi o`rni beqiyos. Mustaqil davlatimizning Bosh Qomusida ta`limga ham alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, uning 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb ko‘rsatilgan.

         Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida: “Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman”,- deb ta’kidladilar.

         Buning uchun albatta unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimiz har tomonlama ham ma’nan, ham aqlan, ham jismonan sog‘lom va teran fikrlovchi, o‘zining nuqtai nazariga ega, o‘z erkinligining chegarasini biluvchi va o‘zgalar huquqini hurmat qiladigan, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama yetuk bo‘lishlari talab etiladi. Biz yoshlarimizni qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Darhaqiqat, ana shunday imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishning asosiy kafolati bu albatta, Konstitutsiyamizdir.(1)

                Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ta`lim olish huquqi insonning asosiy huquqlaridan biri ekanligi ta`kidlangan, chunki boshqa huquqlarning amalga oshishi ko`p jihatdan bu bilan chambarchas bog`liqdir.

         Aslida, ta`lim olish huquqini belgilovchi normalarning konstitutsiyaga kiritilishi jahon tajribasida ilk marta birinchi konstitutsiyalarda - 18-asr oxirida qabul qilingan "birinchi to'lqin"ning "eski" konstitutsiyalarida paydo bo'lgan, ya`ni 1791 yilgi Fransiya Konstitutsiyasida ("Konstitutsiya bilan ta'minlangan asosiy qoidalar" birinchi bo'limi) shunday mustahkamlangan: "Davlat ta'limi barcha fuqarolar uchun umumiy, barcha odamlar uchun zarur bo'lgan qismda bepul ta'minlanadi va tashkil etiladi."

        Ikkinchi jahon urushidan keyingi konstitutsiyalar ijtimoiy huquqlarni, jumladan, ta’lim olish huquqini batafsilroq tartibga soladi. Masalan, Yaponiya Konstitutsiyasida shunday deyilgan: "Har kim qonunda belgilangan tartibda o'z qobiliyatiga muvofiq ta'lim olish huquqiga ega. Har kim qonunga muvofiq o'z qaramog'idagi bolalarning majburiy ta'lim olishini ta'minlashi shart. Majburiy ta'lim -bepul."

        Ta'lim olish huquqini konstitutsiyaviy darajada batafsil tartibga solish misoli Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonunida keltirilgan. 

         Ushbu konstitutsiyaviy hujjatning 7-bandi Germaniya ta'lim huquqining asosiy tamoyillarini belgilaydi, jumladan:

-maktab ishlari ustidan davlat nazorati;

-bolalarni tarbiyalash huquqiga ega bo'lgan shaxslarning bolaning diniy ta'lim olish yoki olmaslik to'g'risida qaror qabul qilish huquqi;

-davlat maktablarida dinni o‘qitishning majburiyligi (konfessiyaga aloqador bo‘lmagan maktablar bundan mustasno);

-xususiy maktablar tashkil etishning kafolatlangan huquqi va boshqalar.

             Xorijiy mamlakatlarda ta’lim olish huquqini konstitutsiyaviy darajada ta’minlashga yondashuvlar xilma-xilligiga qaramasdan, bir qator umumiy xususiyatlar va paydo bo‘layotgan yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

         Taʼlim olish huquqini taʼminlovchi Konstitutsiya fuqarolarning davlat taʼlim muassasalarida qaysi darajadagi taʼlimni bepul olishi mumkinligini va fuqarolar uchun qanday taʼlim darajasi majburiy ekanligini belgilab beradi :

"Ta'lim hamma uchun ochiq. Boshlang'ich ta'lim majburiy va kamida sakkiz yil bepul ..." (1947 yilgi Italiya Konstitutsiyasining 34-moddasi);

"Har bir inson ta'lim olish huquqiga ega <...>. Boshlang'ich ta'lim majburiy va bepul ..." (1978 yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining 27-moddasi);

         "Davlat bolalar va kattalarning ta'lim olishlari, kasb-hunar va madaniyatga ega bo'lishlari uchun teng imkoniyatlarni kafolatlaydi. Barcha darajadagi bepul va dunyoviy ta'limni tashkil etish davlatning burchidir" (Frantsiya Konstitutsiyasining 1946 yilgi muqaddimasi. 1958 yilgi amaldagi Fransiya Konstitutsiyasining bir qismi);

         "Har bir inson ta'lim olish huquqiga ega <...>. Ta'lim sohasidagi siyosatni amalga oshirishda davlat umumiy boshlang'ich, majburiy va bepul ta'limni <...> ta'minlashga majburdir " (Portugaliya Konstitutsiyasining 74-moddasi). 1976);

         "Umumta'lim maktabida o'qiyotgan barcha bolalar umumiy maktabda ushbu ta'limni bepul olish huquqiga ega . Ota-onalar yuqori darajadagi ta'lim olishlarini ta'minlashga chaqiriladi" (1974 yil Shvetsiyaning 2-bobi, 21-bandi). Konstitutsiya, 1994 yilda qayta ko'rib chiqilgan);

         "Fuqarolarning davlat ta'lim muassasalarida bepul o'rta ta'lim olishlari kafolatlanadi . O'rta ta'lim majburiydir ..." (Qozog'iston Konstitutsiyasining 30-moddasi ,1995);

         "Davlat bepul , shu jumladan oliy ta'limni davlat ta'lim muassasalarida ta`minlaydi ..." (2004 yil Afg'oniston Konstitutsiyasining 43-moddasi) va boshqalar.

         Shu o`rinda aytish joizki, YuNESKOning mavjud ma`lumotlariga ko`ra, agar barcha kattalar o`rta ta`limni tugatsa, dunyoda kambag`allar soni yarmidan ko`proqqa qisqaradi.

         Bunda ta`lim olish huquqi asosiy qonunlarda ta`minlanishi muhim. Ta`lim olish huquqi, bir tomondan, xalqaro qoidalarga, iikinchi tomondan, milliy hukumatlarning siyosiy majburiyatlariga muvofiq ta`minlanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarning prinsipial qoidalarini o`zida mujassam etgan holda, Konstitutsiyamiz inson huquq manfaatlari, uning erkinliklari davlat manfaatidan ustunligini mustahkamladi, xalqimiz uchun munosib hayot sharoitini yaratishni o`zining tub maqsadi etib belgiladi. Bu Konstitutsiyamizda ta`limga qaratilgan alohida e`tibordan ham yaqqol ma`lumdir.     

 

Kattaboyeva Sevara Safarovna,

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi

ingliz tili fani oʼqituvchisi