Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

KORRUPSIYA– YOXUD PULNING QUDRATI


Korrupsiya – maʼnaviyatni yemiradigan ildiz demakdir. Bu ildizni yoʻqotish bizning Oʻzbekistondagi eng katta dolzarb muammodir. Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashish qadim zamonlarda Mesopotamiyaning Lagash shahrida boshlangan. 

Korrupsiya – hozirgi zamonda sharhlaydigan boʻlsak, “oʻz manfaati yoʻlida hokimiyatni suisteʼmol qilish” – demakdir.  

Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro Transpareney International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi.

Oʻzbekiston ham hozir yuksalish davrida boʻlib, korrupsiyaga qarshi bir qancha tashkiliy ishlar olib bormoqda. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyani oldini olish chora tadbirlari boʻyicha 2020-yil 29- iyundagi farmonga muvofiq agentlik tashkil etildi.

Ushbu qonunning 5-moddasida: “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash”– deyilgan.

Korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Muqaddas kitobimizda ham “Bir – biringizni mulklaringizni noqonuniy yo’l bilan o’zlashtirib olmang yoki qozi (sudya, hakam)larni sotib olmang va boshqa bir inson haqqiga egadorlik qilmang” deyilgan. E’tibor bilan dunyoga nazar solsak, dunyodagi rivojlangan davlatlarning deyarli barchasida korrupsiya kam. Xalqaro institutlarning xabar berishicha rivojlangan davlatlarda korrupsiya maksimal 15% ekan, demak u davlatlar korrupsiyaga qarshi samarali kurasha olgani uchun ham hozirda rivojlangan davlatlar qatorida o’rin egallab turibdi.

Xalq tilida soddagina qilib – poraxoʻrlik keng maʼnoda “korrupsiya” deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi choralarni tahlil etamiz. 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, “Korrupsiya davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʻsinda, gʻayriqonuniy shaxsiy naf koʻrish maqsadida oʻz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir”. 

Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. 

Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo yoʻq - deya javob berishimiz mumkin. Chunki oylik maoshni oshirish natijasida korrupsiyani bartaraf eta olmaymiz. Undan tashqari ishga joylashish masalasida “tanish-bilish” hamda qarindosh - urugʻchilik tizimi Oʻzbekistonda avj olmoqda. Ana shunday illatlar negizida korrupsiyaga boshlab boruvchi yoʻl mujassamdir. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart.

Xulosa shundaki, korrrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosogʻlom yashashida namoyon boʻladi. Shu oʻrinda alohida taʼkidlab oʻtish joizki, ommaviy axborot vositalari ham korrupsiyani oldini olishga koʼmaklashmoqda. 

Korrupsiya – Yangi Oʻzbekistonimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqib borishda katta toʻsqin boʻlib kelmoqda. Unga barham berish bizning qoʻlimizdadir.

 

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi 

oʻquvchisi

Ismoilova Gulasal