Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Kitob tuman yuridik markaz xodimlari tomonidan yetim bolalar va ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar bilan uchrashuv o'tkazildi.


Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi 5216-sonli qarori, “Yetim bolalar va ota- onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirib o'tildi.

Hozirgi kunda yurtimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan bolalarga ko‘plab imtiyozlar va imkoniyatlar yaratilgan. Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yetim va ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, ularning vasiylari va homiylariga bepul huquqiy maslahatlar berilishi tushuntirilib, yig'ilish qatnashchilarining o'zlarini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savollariga javob berildi.

Tadbir so'nggida yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo‘lgan bolalarga yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan esdalik sovg'alari taqdim etildi.