Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sayyor qabul davom etmoqda


Jamiyatda inson manfaatlarini ta’minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.
Joriy yilning 24 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Isoqov, Qarshi shahar adliya bo‘limi boshlig‘i D.Usmonov hamda hamkor tashkilotlar tomonidan Qarshi shahar xududida joylashgan "Ravoq" MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, qabul jarayonida 6 nafar faqaroning murojaati tuman adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, 10 nafar fuqaroning murojaatiga joyiga huquqiy tushuntirish berildi.