Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Oʻquv-seminarlari yuqori saviyada tashkil qilinmoqda.


Tasdiqlangan reja-grafikka asosan joriy yilning 20-dekabr kunidan viloyatning barcha tuman (shahar)larida mahalla fuqarolar yigʻinlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari va Mahallabay ishlash markazlarining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻquv-seminar boʻlib oʻtmoqda.

Oʻquv seminar mashgʻulotlarida viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi malakali mutaxassislar tomonidan viloyatdagi 793 ta mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etiladigan Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari, shuningdek, mahallabay ishlash markazlari xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib borilmoqda.

Amaliy seminardan asosiy maqsad hokim yordamchilarinining bilim va malakalarini oshirishdan iboratdir. Ushbu oʻquv jarayonlari ham nazariy, ham amaliy mashgʻulotlari asosida, ishtirokchilarning faolligi, savol-javoblarga boy tarzda  davom etmoqda.