Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid”


“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan davlat organlari, tashkilot va ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 dekabr kuni “Kashkadaryo XETK” AJ binosida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda adliya bo‘limi mas’ul xodimi O.Abbosaidov tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi mudhish jinoyat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshrilayotgan islohotlar, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olish borasida tizimli ravishda tashkiliy-huquqiy ishlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Davlat madhiyasi to'grisidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javoblar berdi.