Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda...


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi hamda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan G‘uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining G‘uzor tumanida joylashgan 29575-harbiy qismda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda mas‘ullar tomonidan istiqlolimizning o‘tgan qisqa davrida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning hayotimizdagi tutgan o‘rni va jahon mamlakatlarining Konstitutsiyalari bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, adliya bo‘limi boshlig‘i M.Salimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son qarori hamda Davlat madhiyasi to'grisidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.