Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari xodimlari o’rtasida o’quv-seminarlar davom etmoqda


Boshqarma hayʼatining 2021-yil 3-noyabrdagi 13/21-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirokida soha faoliyatiga oid oʻquv-amaliy mashgʻulotlar o’tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida tuman (shahar) yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirokida “O’rta tibbiyot xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi”
va “O`zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1999 yil 29-martdagi
140-sonli qarori 17-bandiga asosan Faksimile imzosi mavzusida hamda “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining mazmun- mohiyati” to‘g‘risida oʻquv-amaliy mashgʻuloti o‘tkazildi.

Oʻquv-amaliy mashgʻulot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularga soha faoliyati yuzasidan tegishli tafsiyalar berildi.