Янгиликлар
Umummilliy Konstitutsiya imtihoni hamda “uch avlod” uchrashuvi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Yuridik texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda adliya boshqarmasi va soha vakillari tomonidan bugun sohada olib borilayotgan huquqiy islohotlar, Prezidentimiz tomonidan Byuro organlari oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shuningdek adliya boshqarmasi ma’ul xodimlari tomonidan Adliya vazirligi Konstitutsiyaviy sud bilan xamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkazilayotganligi hamda mazkur imtixonga ishtirok etishlari va shartlari haqida ma’lumotlar berildi.
Mazkur yo‘nalishda adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan rolik o‘quvchilarga namoyish etildi.
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javob oldilar.