Янгиликлар
Umummilliy Konstitutsiya imtihonida munosib ishtirok etishga shoshiling!
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Konstitutsiyaviy sud tashabbusi bilan fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o’tkazish, bosh qomusimizga oid bilimlarni mustahkamlash maqsadida “Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” oʼtkazilishi belgilangan.
Shunga ko’ra, joriy yilning 24-26 noyabr kunlari Kasbi, Qarshi, Mirishkor, Dehqonobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari tomonidan tumandagi Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Statistika bo‘limlari hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida 15 yoshdan katta barcha fuqarolarni joriy yilning 30 noyabrgacha http://8-dekabr.adliya.uz/ saytidan roʼyxatdan oʼtishi bo’yicha amaliy ko’mak berildi hamda onlayn imtihonda ishtirok etgan g’oliblar pul mukofotlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishlari haqida ma’lumotlar berildi.