Янгиликлар
6 oyda sud eksperti bo‘lish mumki
Hukumat qarori (706-son, 22.11.2021 y.) bilan Sud ekspertiza sohasida dual taʼlim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, dual taʼlim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud-ekspertizasining muayan turida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida 6 oy davom etadi.
Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2 marta oktyabr va fevral oylarida bo‘ladi.
Sud-ekspertiza tashkilotlari kurs tashkil etilishi to‘g‘risida 3 oy oldin eʼlon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.
Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat bo‘ladi.
Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha baholanadi.
Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.