Янгиликлар
Har bir muroajaat adliya organlari e’tiborida
Joriy yil 19 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi faoliyati misolida reportaj tayyorlandi.
Mazkur reportajda Shahrisabz shahar, Teparlik MFY, Teparlik ko‘chasida yashovchi fuqaro Z.G ning ish haqini olishda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati hamda Shaxrisabz tumani, Xo’jaxuroson MFY, Xo’jaxuroson ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.B ning ishga tiklashda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati (Fuqarolik ishlari bo’yicha shahrisabz tumanlararo sudning 2021 yil 27 sentyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan) Shaxrisabz shahar adliya bo‘limining aralashuvi bilan hal etilganligi yoritildi.