Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Davlat boshqaruvida korrupsiyadan holi tizim yaratilmoqda


Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.

Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.

Mamalaktimizda olib borilayotgan karrupsiyaga oid islohotlarga asosan joriy yilning 22 noyabr kuni viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi J.Norov tomonidan “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali binosida filial xodimlariga korrupsiya va uning turlari, oqibatlari va javobgarlik choralari, shuningdek mehnat qonunchiligi va ijro intizomi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi hamda tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.