Янгиликлар
Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari xodimlari uchun o’quv-seminarlar tashkil etilmoqda
Boshqarma hayʼatining 2021-yil 3-noyabrdagi 13/21-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirokida soha faoliyatiga oid oʻquv-amaliy mashgʻulotlar o’tkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 20 noyabr kuni “Zoom” platformasi orqali viloyat Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodi xamkorligida “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning ayrim jihatlari” hamda Sog‘liqni saqlash vazirining “O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida tibbiyot xodimlarini ishga qabul qilishda korrupsiyaning oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tuman (shahar) yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirokida oʻquv-amaliy mashgʻuloti o‘tkazildi.
Oʻquv-amaliy mashgʻulot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularga soha faoliyati yuzasidan tegishli tafsiyalar berildi.