Янгиликлар
Bayrog‘im faxrim
1991 yil 18 noyabr sanasida "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi tarixiy Qonun qabul qilinganligi barchamizga g‘urur bag‘ishlaydi.
Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Sana munosabati bilan tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 10-25-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida, G’uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 34-68-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Bayrog‘im g‘ururim”, “Bayrog‘im tinchlik timosoli”, “Muqaddasdir - vatan bayrog‘i” mavzularida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib kelajak avlodga davlat ramzlari haqida ma’lumotlar berishdi.