Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Muqaddasdir – Vatan bayrog‘i


Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ardoqli sanaladi. O’zbekistonning moviy, zangori, oppoq ranglarga uyqash, oy va kumush yulduzlar jilolanib turgan bayrog‘ini mag‘rur xilpirab turganini har gal ko‘rganda ko‘ngilda ajib tuyg‘ular uyg‘onadi, faxru iftixor vujudingni egallaydi.

Bugun O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ining 30 yilligi munosabati bilan Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar tomonidan davlat tashkilotlarida, ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Adliya boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi, Qashqadaryo viloyat davlat xizmatlari boshqarmasi, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan hamkorligida “Muqaddasdir – Vatan bayrog‘i” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli va tasnifi, davlat ramzlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yuridik texnikumi talabalari o‘rtasida “bayroq haqida
10 savol” viktorinasi tashkil etildi. Viktorinada faol ishtirok etgan talabalarga Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi va O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raxbarlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.