Янгиликлар
Navbatdagi radio efirida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Joriy yilning 15 noyabr kuni boshqarmaning Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi A.Rajabov va yetakchi maslahatchisi S.Turopovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida jonli efir orqali intervyulari uzatildi.
Intervyuda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4270-son hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 250-son qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Fuqarolardan telefon orqali kelib tushgan savollarga mutahassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.