Янгиликлар
“IDROK” aql zakovatga yo‘l
Adliya vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan “IDROK” intellektual o‘yini yoshlarning huquqiy bilimlarni yanada mustahkamlashga turtki bo‘ldi.
Xususan, joriy yil 12 noyabrda viloyat adliya boshqarmasi binosida Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumining “Kriminalist”, “Mediator” va “Yurist” jamoalari o‘rtasida “IDROK” intellektual o‘yinining Yuridik texnikumi bosqichi tashkil etildi va jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi.
Yuridik texnikumning “Kriminalist”, “Mediator” va “Yurist” jamoalari a’zolari intellektual o‘yin davomida berilgan huquqiy va mantiqiy savollar yuzasidan bosh qotirishib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.
Shuningdek, “IDROK” intellektual o‘yinida kuzatuvchi sifatida qatnashgan yuridik texnikumning boshqa o‘quvchilarida kelgusida kuzatuvchi sifatida emas, balki jamoa a’zosi sifatida ishtirok etish istagi uyg‘ondi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xulosa o‘rnida, Adliya vazirligining tashabbusiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “IDROK” intellektual o‘yini bellashuvlarga boy tarzda tashkil etildi va ishtirokchilarga mativatsiya bera oldi.