Янгиликлар
Bugun radio efirida...
Joriy yilning 8 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi mas’ul xodimlari Sh.Baxronov va A.Xasanovlar tomonidan “Oltin voha” radiosining “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida jonli efir orqali intervyulari uzatildi.
Efirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF – 6191-son va 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonlari mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Fuqarolardan telefon orqali kelib tushgan savollarga mutahassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.