Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash takomillashtiriladi.


“Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 noyabrgacha, sinov tariqasida, ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

2022 yil 1 sentyabrgacha yoki 2022 yil 1 sentyabrdan keyin boshqa turdagi tamaki mahsulotlari (filtrli va filtrsiz sigaretalardan boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar mazkur faoliyat amalga oshirilishi zarurati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kun mobaynida markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tadi.

2022 yil 1 oktyabrdan iste’mol va guruhlangan qadoqlarga raqamli identifikatsiyalash vositalari tushiriladi, shuningdek, boshqa turdagi tamaki mahsulotlarini agregatsiyalash ta’minlanadi.

2023 yil 1 martdan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markirovkalash axborot tizimiga kiritiladi.

2022 yil 1 oktyabrdan O’zbekistonda raqamli identifikatsiyalash vositalarini tushirmasdan hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yubormasdan ishlab chiqarish taqiqlanadi.

2022 yil 1 oktyabrdan keyin ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga faqat markirovkalash axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish sharti bilan ruxsat etiladi.

2022 yil 1 oktyabrgacha ishlab chiqarilganda (olib kirilganda) ularning chakana savdosiga 2023 yil 1 oktyabrgacha ruxsat etiladi.