Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi faoliyati yuzasidan...


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan aholini xabardor qilish, mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, joriy yilning 3-choragi davomida bo‘lim tomonidan 800 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Shundan, 100 dan ortiq og‘zaki va 700 dan ortiq ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.

Bo‘lim tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali tarzda foydalanilmoqda.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasining rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal va “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar tayyorlanib, yoritildi.

Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yuzasidan 300 ga yaqin ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatildi.

Bu aholining adliya organlari faoliyatidan xabardorlik darajasini oshirishi bilan bir qatorda, adliya organlariga nisbatan bo‘lgan hurmat va ishonchni oshishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bo‘lim tomonidan adliya organlari faoliyati bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar tashkil qilinmoqda.

Xususan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, soha faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar va ularning natijasi hamda samaradorligi xususida va boshqa yo‘nalishlarda ko‘rsatuvlar tasvirga olindi va viloyat televideniyesi orqali yoritildi.

Bo‘lim tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyatini yoritish yuzasidan ham qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, joriy yil 28 sentabr kuni viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi J.Norov tomonidan viloyat televideniyesida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Joriy yil 17 sentabr kuni viloyat adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari N.Sattarova va J.Norovlar viloyat televideniyasining “Muloqot” ko‘rsatuvi orqali bugunning siyosiy jarayonlari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida saylovga har qachongidan sifatli, tizimli va jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, keng jamoatchilikning takliflari inobatga olingan holda O’zbekiston Respublikasining joriy yilning 8 fevraldagi O’RQ-670-son Qonuni bilan endi Prezident saylovi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari saylovi ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda ya’ni oktabr oyining uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi yangilik sifatida kiritilganligi aytib o‘tildi.

Bulim tomonidan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, ulardan joriy yilning 24 sentabr kuni “Oila kuni” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining oila a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga viloyat adliya boshqarmasida mavjud bo‘lgan shart-shariotlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun tashkil etilgan qug‘irchoq teatri sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir davomida bolajonlar uchun tashkil etilgan bayramona dasturxondagi tort va boshqa shirinliklar ulashildi hamda bolajonlar uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish yuzasidan Chiroqchi, Dehqonbod, Koson tuman adliya bo‘limlari faoliyati ochiqligini ta’minlash maqsadida lavhalar tasvirga olindi va “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturi orqali efirga uzatildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan “sog‘lom ayol – sog‘lom hayot” shiori ostida viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi xotin-qizlari o‘rtasida stol tennisi musoboqasi o‘tkazildi.

Musobaqa g‘olilariga boshqarma tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bo‘lim tomonidan joriy yilning 22 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Biz huquq himoyachilari” ko‘rik tanlovi hamda kauching: “Mehnat munosabatlari” mavzusida amaliy dars tashkil etildi.

“Biz huquq himoyachilari” ko‘rik tanlovi 2 ta guruhdan iborat bo‘lgan talabalar o‘rtasida 2 ta shart asosida tashkil etildi.

Guruhlar bajarilgan shartlar asosida baholab borilib, 1-shartda o‘quvchilarning erkin fikri, mavzuni to‘liq tushuntirib berish, 2-shartda savol-javob va testlarni yechish bilan baholab borildi.

Savol-javoblar shartida saylov qonunchiligi, mehnat huquqi, shartnomaviy munosabatlar va boshqa mavzulardan iborat bo‘lgan savollar krasvord shaklida tayyorlandi.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad texnikum o‘quvchilarida o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqish va bilimini yanada oshirish, o‘z ustida ishlash ishtiyoqini oshirishdir.

Shuningdek, tadbir davomida tashkil etilgan kauchinglar orqali o‘quvchilar nazariyadan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llab kurish imkoniyati yaratilib, malakali huquqshunos bo‘lishga xizmat qilishiga turtki bo‘ldi.

Tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari boshqarmaning qashqadaryo.adliya.uz saytida va “facebook” sahifasida va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritildi.

                                                                                 Huquqiy targ‘ibot
                                                                                            va ma’rifat bo‘limi