Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida...


Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan adliya boshqarmasi va vakolatli idoralar bilan birgalikda 2021 yilning II yarim yilligi davomida fuqarolarga huquqiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Aksiya o‘tkazish bo‘yicha taqsimot rejasi ishlab chiqilgan.

Mazkur rejaga asosan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan aksiyada hududlarda istiqomat qilayotgan aholining nafaqaga chiqishda yoki u bilan bog‘liq munosabatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Unga ko‘ra, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 77 ta murojaatlar qabul qilinib, shundan 33 ta murojaatlar o‘rganish natijasiga ko‘ra qanoatlantirilgan, 9 ta murojaat bo‘yicha murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berilgan, 35 ta murojaatlar yuzasidan o‘rganish davom etmoqda.

Shuningdek, aksiya davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 15 ta taqdimnoma, 19 ta da’vo arizalari kiritildi.

Xususan, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U.R ning manfaatini ko‘zlab budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qarshi tuman bo‘limining 2021 yil 23 sentyabrdagi qarorini haqiqiy emas deb topib, tuman budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga fuqaro U.R ning Kasbi tumanidagi “Kebrun” xususiy savdo ishlab chiqarish korxonasida 2007 yil 2 fevraldan 2010 yil 5 oktyabrga qadar va Qarshi shahridagi “Nodirbek Ezoz baraka” MChJ da 2010 yil 10 oktyabrdan 2012 yil 18 iyunga qadar taksi yo‘nalishida haydovchi bo‘lib ishlagan davrdagi mehnat staji va ish haqlarini nogironlik pensiyasini tayinlashda inobatga olish majburiyatini yuklash yuzasidan Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan ariza to‘liq qanoatlantirilgan.

Shuningdek, G’uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan uyma-uy yurgan holda “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan ayollarga huquqiy tushuntirish berish jarayonida qabul qilingan fuqaro Ibragimova Tuxta Nurimovnaning arizasi yuzasidan Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi G’uzor tuman bo‘limining 1983 yil 14 apreldan 1999 yil
16 oktyabrgacha bo‘lgan yillarda ishlagan ish stajlarini pensiya tayinlashda hisobga olish majburiyatini yuklash yuzasidan kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilgan.