Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.


“Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrdan yuridik shaxslar tomonidan O’zbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ining nol foizlik stavkasi belgilandi.

2022 yil 1 yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi.

Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O’zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.