Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Oliy ma’lumotga ega shaxslarni yuidik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.


Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

Mazkur kurslarda o‘qish uchun barcha oliy ma’lumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

Hujjatlar 2021 yilning 31 oktabr kuniga qadar centerqabul.tsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda qabul qilinadi.

Kurslar qabul kvotasi 100 nafarni (davlat tilida) tashkil etib, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati bilan bir qatorda FHDYo organlarida ishlashi mumkin.