Янгиликлар
“Til tur” aksiyasi dorasida
O’zbek tilini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri ish yuritish tili va uslubi masalasidir.
Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, xodim davlat organlari va tashkilotlarida rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘lami kengligini inobatga olib, o‘zbek tilining imlosini va uslubiy qoidalari yuzasidan ma’lum malakaga ega bo‘lishi zarur.
Adliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining Qashqadaryo viloyatiga tashrifidan ko‘zlangan maqsad ham Adliya va FHDYO bo‘limlarida, Yuridik xizmat ko‘rsatish hamda Davlat xizmatlari markazlarida davlat tilida ish yuritish holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
O’rganish davomida davlat tilida ish yuritish me’yorlari to‘g‘risida zarur tavsiyalar berildi.