Янгиликлар
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 247 ta murojaatning 226 tasi hal etilib, shundan 171 tasi yoki 75,6 foizi qanoatlantirilgan, 55 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning barchasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 4 ta taqdimnoma kiritilib, 2 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qaror bekor qilindi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan jami 15 ta o‘rganish va 41 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 179 ta tashkilot qamrab olinib, o‘rganishlar natijasida 4750 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 215 ta tegishli ta’sir choralari, xususan, 82 ta taqdimnoma, 710 ta ogohnoma va 13 ta ma’muriy bayonnoma, 33 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 35 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi hamda taqdimnoma natijasida 153 696 410 so‘m mablag‘ qonuniy egalariga qaytarildi.
Shuningdek, fuqarolarning manfaatida sudlarga 47 ta 2 mlrd. 25 mln. so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, sudlar tomonidan 34 ta 1 mlrd. 747 mln so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jami 1022 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 709 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 266 ta og‘zaki, 47 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.