Янгиликлар
Shahrisabz shahar adliya bo‘limining 2021 yil 3-choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Shahrisabz shahar adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2021 yil 3-choragi davomidajismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 219ta murojaatlarning218 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 158 ta yoki 72 foizi qanoatlantirilgan, 60 ta yoki 27 foizi huquqiy tushuntirish berilgan,1 ta murojaat taaluqliligi bo‘yicha yuborilgan (murojaatlarni hal etishda 40 tasi joyiga chiqib o‘rganilgan).
O’tkazilgan sayyor qabullar
Bo‘lim tomonidan 2021 yil 1-choragi davomidahamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 30ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 950 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 66 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, 52tasi qanoatlantirilgan va 14tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va xalq deputatlari kengashining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan3 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha3 ta taqdimnoma kiritildi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 13ta o‘rganish va 55 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 113 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5841ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 80 ta taqdimnoma, 271ta ogohnoma,37 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib,ma’muriy takliflar kiritildi.
Natijada
- 12nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 556 011 795so‘mpul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 34nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 49 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 105 953 600 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yil 3-choragi davomidajami 815ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 600tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 182 tasi og‘zaki, 33tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot,182 tasi manzilli targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.