Янгиликлар
Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar
Shahrisabz tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 317 ta murojaatning 288 tasi hal etilib, shundan 179 tasi yoki 62 foizi qanoatlantirildi, 109 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 9 oyidavomida tumandagi davlat notarial idoralari notariuslar bilan birgalikda tumandagi 57 ta MFYlardan 38 tasi qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari adliya bo‘limining telegram hamda “facebook”dagi sahifalariga keng yoritib borilgan.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 520tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 78 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 5 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yilning 1-yarim yilligi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 3 ta taqdimnoma kiritildi.
Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 48 ta takliflar berildi.
Adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 17 ta o‘rganish va 45 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 111 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida
5984 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 449 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan,87 ta taqdimnoma, 37 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 381 ta ogohnoma hamda 71 ta da’vo arizalar kiritildi.Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 36 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 4 ta davlat tashkiloti hujjatlari bekor qilingan hamda fuqarolarga 432 129 622so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.
Bundan tashqari kirtilgan 71 ta da’vo arizalarning, 63 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 8 ta da’vo arizasi sudning ish yurituvida bo‘lib turibdi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 1-yarmi davomida jami 1202 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 711 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 472 tasi og‘zaki, 19 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 469tasi manzilli targ‘ibot va 284 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.