Янгиликлар
Chiroqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida MA’LUMOT
Chiroqchi tuman adliya bo‘limiga 2021 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 338 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 275 tasi (81 % (foizi)) qanatlantirilgan, 39 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 16 tasi hal qilish uchun taalluqli bo‘lgan tashkilotlarga yuborilgan, 2 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 6 ta murojaatlar qoldiq bo‘lib qolgan.
Shuningdek, bo‘lim tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 26 ta takliflar ishlab chiqilgan, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 5 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspirtizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan, 4 ta qaror loyihalari huquqiy ekspirtizadan o‘tkazilib ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa, 1 ta qaror loyihasi belgilangan talablarga rioya qilinmasdan taqdim etilganligi uchun qaytarilgan.
Bo‘lim tomonidan, 127 ta tashkilotlarda 13 ta o‘rganish va 49 ta monitoring tadbirlari o‘tkazilib, 4360 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 102 ta taqdimnomalar kiritilgan. Taqdimnomalarga asosan 6 ta hujjatlar bekor qilingan (shundan, 5 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror), 34 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan (shundan, 3 nafar shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan), 1 461 330 741 so‘m pul mablag‘lari o‘z egalariga qaytarib to‘lab berilgan.
Bo‘lim tomonidan, 31 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritilgan (shundan, 9 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) bo‘lib, 29 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bo‘lim tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga 307 ta ogohnomalar kiritilgan.
Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini ko‘zlab sudlarga 63 ta 2 917 648 330 so‘mlik ariza va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, shundan, 53 ta 431 429 038 so‘mlik ariza va da’vo arizalari qanoatlantirilgan, 15 ta ariza va da’vo arizalari qoldiq bo‘lib qolgan.
Bo‘lim tomonidan 777 ta targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan, 317 marta ommaviy axborot vositalarida (4 marta televediniyada, 3 marta radioda, 7 marta gazeta va jurnallarda, 303 marta veb sayt va boshqa elektron axborot vositalarida), 433 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari, 27 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan.
Mazkur sohalarda tegishli ishlar davom ettirilmoqda va amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot taqdim etiladi.