Янгиликлар
Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T
Nishon tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 279 ta murojaatning 209 tasi hal etilib, shundan 162 tasi qanoatlantirilgan, 47 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 6 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 9 ta taqdimnoma kiritilib, 26 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlarning bandi bekor qilindi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan jami 15 ta o‘rganishlar va 43 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 306 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasida 6623 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 268 ta tegishli ta’sir choralari, xususan, 83 ta taqdimnoma, 136 ta ogohnoma va 8 ta ma’muriy bayonnoma, 41 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 21 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, 26 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilindi. 1,051157852 so‘mlik mablag‘ qonuniy egalariga undirib berildi.
Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 25 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 80 ta da’vo arizalari kiritilib, shundan 74 ta 404.626.405 so‘m ish haqini undirish, 2 ta ishga tiklash, 4 ta yuridik faktni belgilash bo‘yicha da’vo arizalari kiritildi.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 9 oyida davomida jami 1201 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 685 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 467 ta og‘zaki, 49 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
O’tkazilgan sayyor qabullar bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan boshqa davlat tashkilotlari bilan birgalikda tumandagi 12 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 420 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 80 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqildi.