Янгиликлар
14
MUBORAK TUMAN ADLIYA BO’LIMINING 2021 YIL 9 OYLIK SARHISOBI
Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 220 ta murojaatning 143 tasi hal etilib, shundan 104 tasi qanoatlantirilgan, 39 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 76 ta ijroda qolgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasi (2 tasi hokimlik qaror loyihalari)ga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilib, 3 ta normativ-huquqiy qaror, 1 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lmagan qarorlarning bandlari bekor qilindi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha Muborak tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida jami 15 ta o‘rganishlar va 42 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 203 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 3604 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 405 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 80 ta taqdimnoma, 172 ta ogohnoma va 64 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 89 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 19 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, 4 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilingan, 680 907 548 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud va boshqa organlarga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 64 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 89 ta 268.357.744 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan 14 ta 50 237 881 so‘mlik sud buyrug‘i sudlar tomonidan qanoatlantirilgan, qolgan 75 tasi ijroda.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida jami 965 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 719 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 208 tasi og‘zaki, 38 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 208 tasi manzilli targ‘ibot va 118 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.