Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Mirishkor tuman adliya bo‘limining 2021 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi


Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 292 ta murojaatlarning 286 tasi hal etilib, shundan 224 tasi yoki 78,3 foizi qanoatlantirilgan, 61 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 tasi tegishligiga ko‘ra yuborilgan va 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 8 ta taqdimnoma kiritilib, 2 ta hokim qarorlari bekor qilingan.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 16 ta o‘rganish va 41 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 149 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 7 275 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 87 ta taqdimnoma, 24 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 397 ta ogohnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra 29 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 480 mln. 625 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 24 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 57 ta 218 mln 077 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan to‘liq qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1342 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1083 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 201 tasi og‘zaki, 58 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.