Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T


Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 196 ta murojaatning 193 tasi hal etilib, shundan 95 tasi yoki 47,4 foizi qanoatlantirilgan, 98 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 2 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 2 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 2 ta taqdimnoma kiritilgan.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan jami 13 ta o‘rganishlar va 43 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 127 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasida 2949 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 328 ta tegishli ta’sir choralari, xususan, 71 ta taqdimnoma, 235 ta ogohnoma va 22 ta ma’muriy bayonnoma va ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 8 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, 4 ta Qarshi shahar Madaniyat bo‘limi xodimlarining oylik ish haqlariga ustama undirib berish yuzasidan sud buyrug‘iga ariza kiritilib, 17 661 600 so‘mlik ish haqlariga ustamalar undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Shuningdek, 3 nafar fuqaroning tug‘ilganlik faktini belgilash yuzasidan kiritilgan da’vo arizalari ham qanoatlantirildi.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 16 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 9 oyida davomida jami 941 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 734 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 180 ta og‘zaki, 27 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.