Янгиликлар
QARSHI TUMAN ADLIYA BO’LIMINING 2021 YIL 9 OYLIK SARHISOBI
Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil III chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2021 yilning III choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 309 ta murojaatlarning 303 tasi hal etilib, shundan 239 tasi yoki 77,3 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 78.8 foiz) qanoatlantirilgan, 76 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 ta murojaat hisobot davrida qoldiqda qolgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 3 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 10 ta taqdimnoma kiritilganib, 4 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 15 ta o‘rganish va 42 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 137 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 6616 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 91 ta taqdimnoma, 41 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 574 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 75 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan va 256 mln. 609,8 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 40 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 88 ta 191,2 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 524 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 1078 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 311 tasi og‘zaki, 135 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.