Янгиликлар
Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda davlat notarial idoralari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 273(139) ta murojaatning 193(139) tasi hal etilib, shundan 119 (135) tasi qanoatlantirilgan, 34(4) tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Masalan, Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan Qamashi tuman Sanitariya-epidemiologik osayishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qamashi tuman bo‘limida vrach laborant bo‘lib ishlovchi D. Umarovaning ish haklari berilmasdan kelayotganligi haqidagi murojaati o‘rganilib, FIB Yakkabog‘ tumanlararo so‘diga da’vo arizasi kiritilib, sudning 08.06.2021 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, fuqaro D. Umarova foydasiga 10 mln. 874 ming 172-so‘mlik ish haqi va 1 mln. so‘mlik ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.
Shuningdek, adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 32 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 601 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 153 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqildi.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 8 (5) ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 5 ta taqdimnoma kiritildi va 30 ta qarorlarning tegishli bandlari qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 15 (6) ta o‘rganish va 49 (54) ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 202(175) ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va natijada 6739 (6734) ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 119(72) ta taqdimnoma, 30 (26) ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 208 (188) ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 30 (18) nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 576 mln 771 ming (812 mln. 56 ming) so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 31 (26) nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 57 (34) ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, 37 tasi qanoatlantirildi va 62 mln. 772 ming so‘m tegishli fuqarolarga undirib berildi. Qolgan 40(14) ta da’vo ariza sudda ko‘rilmoqda.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1156 (718) ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 756 (330) tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 320 (318) tasi og‘zaki, 80 (70) ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.
Qabul qilinayotgan qonunlar va boshka normativ-huquqiy hujjatlarni har bir tumandagi ijrochilarga yetib borishini ta’minlash bo‘yicha tuman adliya bo‘limining elektron pochtalariga yuborilgan 919 (931) qonun hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ijrochilarga reyestr va Yexat orkali yuborilishi ta’minlangan.
Qonun hujjatlariga taklif berish bo‘yicha
Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 75 (65) ta takliflar berildi.