Янгиликлар
Koson tuman adliya bo‘limining 2021 yilning 9 oyi sarhisobi
Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 325 ta murojaatlarning 311 tasi hal etilib, shundan 221 tasi qanoatlantirilgan, 90 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, shundan 8 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davrida 6 ta qoldiq murojaatlar mavjud.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 12 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 10 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 5 ta taqdimnoma kiritilib, 11 ta hokim qarorlari bekor qilingan.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 15 ta o‘rganish va 41 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 139 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5908 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 88 ta taqdimnoma, 38 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 456 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 22 nafar shaxs intizomiy va 1 mlrd.0,17 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 38 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 44 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan qanoatlantirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1234 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 471 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 675 tasi og‘zaki, 88 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.