Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Kitob tumani adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan M A ‘ L U M O T


Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 434 ta murojaatning 429 tasi hal etilib, shundan 334 tasi yoki 77,8 foizi qanoatlantirilgan, 95 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ularning barchasiga rozilik vizasi qo‘yildi.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 6 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qaror bekor qilindi.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan jami 15 ta o‘rganish va 41 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 180 ta tashkilot qamrab olinib, o‘rganishlar natijasida 6230 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi va aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 109 ta taqdimnoma 443 ta ogohnoma hamda 50 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 53 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi hamda 314 804 953 so‘m mablag‘ qonuniy egalariga qaytarildi.

Shuningdek, fuqarolarning manfaatida sudlarga 98 ta 375810900 so‘mlik da’vo arizalari kiritilib, sudlar tomonidan 34 ta 1 mlrd. 747 mln so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirildi.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jami 1091 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 791 ta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 269 ta og‘zaki, 31 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.