Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

KASBI TUMAN ADLIYA BO’LIMINING 2021 YILNING 9 OYLIK SARHISOBI


Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-chorak davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 320 ta murojaatlarning 312 tasi hal etilib, shundan 256 tasi yoki 80,0 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 82,1 foiz) qanoatlantirilgan, 56 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7 tasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilib, 1 ta qaror qonunga muvofiqlashtirilgan.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Bo‘lim tomonidan hisobot davrida jami 15 ta o‘rganish va 57 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 234 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 16 063 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 97 ta taqdimnoma, 48 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif hamda 328 ta ogohnoma kiritildi.

Natijada 41 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (4 nafari lavozimidan ozod qilingan) va 594 mln. 838,3 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarilgan. Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 48 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga 170 ta 558,4 mln. so‘mlik arizalar va da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, sud tomonidan barchasi qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida bo‘lim tomonidan jami 1 340 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 803 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 413 tasi og‘zaki, 124 ta yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.

Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 320 ta murojaatlarning 312 tasi hal etilib, shundan 256 tasi yoki 80,0 foizi (ko‘rib chiqilgan murojaatlarga nisbatan 82,1 foiz) qanoatlantirilgan, 56 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 8 ta murojaat hal etish uchun taalluqligi bo‘yicha yuborilgan.

Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 3-choragi davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 24 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.

O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 565 tadan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 60 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va norma ijodkorligi bo‘yicha

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yilning 9 oyi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 7 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida 1 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha

Kasbi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 3-choragi davomida jami 15 ta o‘rganishlar va 57 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 234 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 16 063 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 643 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Xususan, 97 ta taqdimnoma, 328 ta ogohnoma va 48 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va 170 ta da’vo arizalari kiritilgan.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 41 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (4 nafari lavozimidan ozod qilingan), 1 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib, qonunga muvofiqlashtirilgan, 594 mln. 838,3 ming so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.

Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 48 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 170 ta 558,4 mln. so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan va barchasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yilning 3-choragi davomida jami 1 340 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 803 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 413 tasi og‘zaki, 124 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 413 tasi manzilli targ‘ibot va 194 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.