Янгиликлар
G’uzor tuman adliya bo‘limining 2021 yil 9 oyi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tuman (shahar) adliya bo‘limlariga belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda G’uzor tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 9 oyi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Bo‘lim tomonidan 2021 yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 244 ta (o‘tgan yildan 3 ta murojaat qoldiq bo‘lib o‘tgan) murojaatlarning 217 tasi qonun doirasida ko‘rib chiqilgan yoki 88,9 foizi hal etilgan bo‘lib, shundan 157 tasi yoki 72,3 foizi (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan 64,3 foizi) qanoatlantirilgan va ularning buzilgan huquqlari tiklangan, 60 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 10 tasi tegishli tartibda taalluqliligiga ko‘ra ko‘rib chiqishlik uchun vakolatli organga yuborilgan, 5 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 15 ta murojaat ish yurituvda (keyingi chorakka) qoldiq bo‘lib qolgan (45 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan hamda 1 ta murojaat bo‘yicha mutaxassis jalb etilgan).
O’tkazilgan sayyor qabullar bo'yicha:
Bo‘lim tomonidan 2021 yil 9 oyi davomida hamkor tashkilotlar ishtirokida tumandagi 36 ta MFYlarda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 1545 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 73 ta murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, 44 tasi qanoatlantirilgan va 21 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 4 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 murojaat keyingi chorakda qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 6 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 6 tasiga rozilik vizasi qo‘yildi.
Norma ijodkorligi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 7 ta taqdimnoma kiritilib, 8 ta qaror va farmoyishlar bekor qilindi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Bo‘limi tomonidan hisobot davrida jami 15 ta o‘rganish va 44 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish davomida 115 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olingan va ushbu o‘rganishlar natijasida 5 703 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 109 ta taqdimnoma, 226 ta ogohnoma 36 ta ma’muriy bayonnoma, 3 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
Natijada
- 31 nafar shaxs intizomiy (shundan 5 nafari egallab turgan davozimidan ozod qilingan) va 1 223 979 573 so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.
- 8 ta qonun talablariga zid ravishda qabul qilingan qaror, farmoyish va boshqa xujjatlar bekor qilingan.
Kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 39 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan hisobot davrida sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 80 ta da’vo ariza va arizalar kiritilib to‘liq qanoatlantirilgan, 211 054 400 so‘m manfaatdor shaxs foydasiga undirilgan.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha:
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2021 yil 9 oyi davomida jami 953 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 566 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 336 tasi og‘zaki, 51 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot, 336 tasi manzilli targ‘ibot va 56 tasi uyma-uy borib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.