Янгиликлар
DEHQONOBOD TUMAN ADLIYA BO’LIMINING 2021 YIL 9 OYLIK SARHISOBI.
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 292 ta murojaatning 181 tasi hal etilib, shundan 122 tasi yoki 78,7 foizi qanoatlantirilgan, 73 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 32 tasi qoldiq bo‘lib qolgan.
Adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida boshqarma va notarial idoralar notariuslar bilan birgalikda tumandagi 36 ta MFYlar qamrab olingan holda sayyor qabullar o‘tkazilib, natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan.
O’tkazilgan sayyor qabullar jarayonida 586 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, 91 ta murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va
norma ijodkorligi bo‘yicha
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 7 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
7 tasi (6 tasi hokimlik qaror loyihalari va 1 tasi Xalq deputatlari tuman Kengashi loyihalari) barchasiga rozilik vizasi qo‘yilgan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021 yilning 9 oyi davomida qabul qilingan qarorlari va farmoyishlar monitoring asosida o‘rganib chiqilib, jami 19 ta qarorlar va farmoyishlarni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 8 ta taqdimnomalar kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida barcha 19 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
O’tkazilgan o‘rganishlar va qo‘llanilgan ta’sir choralari bo‘yicha
Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 1-choragi davomida jami 15 ta o‘rganishlar va 47 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganish va monitoringlarga ko‘ra 194 ta tashkilotlar qamrab olinib, natijasiga asosan 4302 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 475 ta tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Xususan, 97 ta taqdimnoma, 295 ta ogohnoma va 25 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif (bayonnoma)lar va 58 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida 29 nafar shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan, shundan 4 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bekor qilinib qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan, 1 883 221 268 so‘mlik mablag‘ undirib berilgan.
Shuningdek, kiritilgan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar yoki rasmiylashtirilib tegishli sud organlariga o‘tkazilgan bayonnomalar natijasiga ko‘ra 24 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan hisobot davrida 58 ta 131 004 291 so‘mlik da’vo arizasi va sud buyrug‘i chiqarish uchun arizalar kiritilgan bo‘lib, shundan 34 ta 78 605 900 so‘mlik sud buyrug‘i sudlar tomonidan qanoatlantirilgan hamda qolgan 24 ta 52 398 439 so‘mlik sud arizalari qoldiqda.
Amalga oshirilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 3-choragi davomida jami 935 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 564 tasi ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar, 336 tasi og‘zaki, 35 tasi ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan iboratdir.