Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar...


Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, sifatli davlat xizmati ko‘rsatilishini nazorat qilish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jamivazirlik va boshqa tashkilotlar tomonidan kelib tushgan 521 ta xat-hujjatlar va topshiriq xatlarining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlandi.

Bo‘limga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 266 ta murojaati o‘rganilib, ularning ijrosi ta’minlandi. Shundan 30 ta murojaat qanoatlantirilib, qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabnomalariga asosan viloyatda faoliyat yurituvchi hamda sobiq notarial idora notariuslariga nisbatan 44 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 25 ta xizmat tekshiruvi o‘z tasdig‘ini topgan.

Xizmat tekshiruvi o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining tegishli qarorlari ko‘ra viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan viloyatdagi 25 nafarxususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar litsenziyalarining amal qilishi 15 kundan 2 oymuddatgato‘xtatilgan bo‘lsa, 4 nafarxususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasiniamal qilishini tugatish to‘g‘risida Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritildi va sudning tegishli hal qiluv qarorlariga hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, ushbu 4 nafarxususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasiniamal qilishi va notarius maqomi tugatildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 2021 yilning 9 oyidavomida notarial idoralarda 52ta “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilishi holatlari bo‘yicha
6 nafarxususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarlitsenziyalarining amal qilishi 15 kundan 2 oymuddatgato‘xtatilgan bo‘lsa, 4 nafarxususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasiniamal qilishini tugatish to‘g‘risida Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritildi va sudning tegishli hal qiluv qarorlariga hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, ushbu 4 nafarxususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasiniamal qilishi va notarius maqomi tugatildi va notariuslar tomonidan kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha
chora-tadbirlar belgilandi.

Huquqiy targ‘ibot sohasida 2021 yilning 9 oyidavomidabo‘lim tomonidan 19ta ommaviy axborot vositalari orqali huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, bulardan 4 tasi televideniya, 2 tasi radio, 13 tasi Veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalari orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga 5 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirilib, ushbu targ‘ibot tadbirlarida 242 nafar fuqarolarga soha faoliyati, shuningdek, notariat sohasida bo‘layotgan islohotlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Bo‘lim tomonidan 2021 yilning 9 oyidavomida advokatura sohasida ham bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021 yilning 1 oktabr kuniga qadar jami 353 ta advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenzilar berilgan bo‘lib, shundan joriy yilning 1 oktabr holatida litsenziya olib ishlayotgan advokatlar soni 225 tani, litsenziya olib ishlamayotgan advokatlar soni 6 tani, litsenziya olib boshqa hududda ishlayotgan advokatlar soni 18 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilgan advokatlar soni 104 tani tashkil qiladi.

Shu jumladan, 2021 yilning 9 oyi davomida berilgan litsenziyalar soni 31 tani hamda litsenziyasining amal qilishi tugatilganlar soni 5 tani tashkil qiladi.

Joriy yilning 1 oktabr holatida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari soni 115 tani, shundan advokatlik byurolari 95 tani, advokatlik firmalari 16 tani hamda advokatlar hay’atlari 4 tani tashkil qiladi.

Viloyat adliya boshqarmasining ish rejalariga asosan jami 15 ta advokatlik tuzilmalarida tekshirishlar o‘tkazilib, jami aniqlangan kamchiliklar soni 30 tani hamda qonunbuzilishlar soni 30 tani tashkil qilgan.

Mazkur aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 15 ta advokatlik tuzilmalari rahbarlariga tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilgan.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1 oktabr kuniga qadar viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlarning 18 nafarini Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘qitish maqsadida Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga ko‘maklashildi.

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jami 7 ta yig‘ilish o‘tkazilib, unda jami 108 ta malaka komissiyasi muhokamasiga oid masalalar muhokama qilingan.

Malaka komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan 108 ta masaladan 7 tasi malaka imtihonini qabul qilish, 95 tasi advokatlarning intizomiy javobgarlik maslasini ko‘rib chiqish hamda 6 tasi advokat qasamyodini qabul qilish bo‘yicha muhokama qilingan.

Malaka komissiyasining 2021 yilning 9 oyi davomidao‘tkazilgan yig‘ilish muhokamalar natijasida jami 15 ta advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, shundan 13 tasi ogohlantirish, 2 tasi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish bilan bog‘liq intizomiy jazo choralariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, joriy yilning 1 oktabr holatida talabgorlarga berilgan 29 ta litsenziyalar uchun jami 3 521 000 so‘m davlat boji, 29 ta arizani ko‘rib chiqish uchun jami 1 760 500 so‘m to‘lovlar undirilgan.

        

Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat

tomonidan tartibga solish bo‘limi