Янгиликлар
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR BO’LIMI TOMONIDAN 2021YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN MA’LUMOT
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021 yilning to‘qqizoyi davomida nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yuritish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davriyakuniga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilotlar soni jami 566 ta tashkil etib, shundan 366 ta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, 200 tahisobga qo‘yilgan. Diniy tashkilotlar soni 185 ta, shundan 183 ta islomiy, 2 ta noislomiy diniy tashkilot hisoblanadi.
Bo‘limgaushbu davr mobaynida1 088 ta xat va hujjatlar kelib tushgan, shundan 125 tasi nazoratga olingan, 963 tasi ma’lumot sifatida qabul qilingan.13 ta xat va hujjatlar Adliya vazirligidan topshiriq xat sifatida kelgan. 119 ta xat va hujjatlar o‘z vaqtida ijro etilgan, 6 tasihisobot davri yakunida qoldiqda qolgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi tomonidan 5 ta nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining 29 ta hududiy bo‘linmalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Hisobot davri davomida bo‘limga 57 ta murojaat kelib tushgan (17 ta ariza, 40 ta shikoyat), shundan 21 tasi qanoatlantirilgan, 33 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat mazmunan ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, 1 tasihisobot davri oxirida qoldiq bo‘lib o‘tgan.
Bo‘lim tomonidan jami 231 ta taqdimnoma, 91 ta ogohnoma, 38 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif, 1 ta da’vo arizasi, 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif kiritilgan. Natijada 38 ta shaxs ma’muriy javobgarlikka, 189 ta shaxs O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 ta shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda fuqarolarga 13 709 811 so‘m mablag‘ undirib berilgan.
Viloyat adliya boshqarmasining 2021 yilning I hamda II yarim yilliklariga mo‘ljallangan ish rejalariga asosan 45 ta nodavlat notijorat tashkilotlarida o‘rganish hamda 14 ta monitoring o‘tkazildi.
O’tkazilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, jami 738 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish
va kelgusida takroran sodir etmaslik maqsadida 45 ta taqdimnoma kiritildi.
Bo‘lim tomonidan shu davr mobaynida jami 83 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, shundan 6 marotaba televideniyeda, 11 marotaba radioda, 10 marotaba gazetada, 33 marta veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilindi. Mahallalarda, mehnat jamoalarida va boshqa joylarda 8 marotaba ma’ruza, 8marotaba davra suhbati hamda 6 marotaba seminarlar tashkil etildi hamda 1 marta yozma huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.
Nodavlat notijorat
tashkilotlar bo‘limi