Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ona tilim – mening faxrim!


1989 yilning 21 oktabr kuni  Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Shunga ko‘ra,  O’zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi va mazkur sana bu yilda ham “O’zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan joriy yil 19 oktabr kuni viloyat adliya boshqarmasi va Yuridik texnikumi xamkorligida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov maktabida “Ona tilim – mening faxrim!” mavzusida maktab va yuridik texnikumi yoshlari o‘rtasida sheriyatga oid davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida ishtirok etgan yuridik texnikumi va A.Oripov maktabi o‘quvchi yoshlari viloyatimizda ijod qilib o‘tgan turli taniqli ijodkor yozuvchi shoir va shoiralarning sherlari bilan bellashdilar.

Tadbir davomida tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratildi.