Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish


Bizga ma’lumki, so‘ngi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarni malakasini oshirish, ularni zamon talablari darajasida ta’lim berishini ta’minlash, professional pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadadida mamlakatimizda ayrim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Jumladan, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish uchunO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572-son Qaroriqabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardanboshlab:

maktabgacha, umumiyo‘rta, o‘rtamaxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini (keyingi o‘rinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hamda ta’lim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalari tuzish va yig‘ma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinadi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) tomonidan o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish pedagog kadrlar tomonidan davlat xizmatlari markazlariga borgan holda yoki mustaqil ravishda O’zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;

pedagog kadrlarga qog‘oz shaklidagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriyetiladi;

pedagog kadrlarga ushbu qaror qabul qilingunga qadar berilgan attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar o‘z kuchida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini (lavozimini) tasdiqlashda va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda ko‘rsatilgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq to‘lashda hisobga olinadi

Shuningdek, QarordaTa’lim inspeksiyasi 2022 yil 1 yanvarga qadar:

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Ta’lim inspeksiyasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “pedkadr.tdi.uz” platformasini ishlab chiqishi;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha axborot tizimining “pedkadr.tdi.uz” platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlashi belgilab berildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan normalarning ijrosi natijasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning shaffofligi ta’minlanadi va korrupsiya, qonunbuzilish holatlari oldini olinadi.

Kasbi tumani adliya bo‘limi

boshlig‘i Sh.Sh.Qudratov